1980-yillarning boshida iqtisodiyotdagi turgʻunlik, tashqi va ichki siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklar ommaning matbuotga boʻlgan ishonchini soʻndirdi. Gazetalar adadi kamaya boshladi, obunachilar soni keskin qisqardi. Eng mashhur gazeta "Komsomolskaya pravda" ham boshi berk koʻchaga kirib qoldi. Ammo har yomonning bir yaxshisi bor: aynan boshi berk koʻcha (tupik) "Komsomolka"ni qutqarib qoldi... Gazeta buning uchun qaysi jurnalistdan minnatdor boʻlishi kerak?