gotquestions.online

1980-yil sentyabr oyida Turkiyada harbiy toʻntarish sodir boʻldi. Vaqt oʻtishi bilan turk OAVlarida toʻntarishning qorongʻu emas, balki yumoristik tomonlari koʻproq eslanmoqda. Masalan, talaba-faolni tintuv qilish paytida jandarmlar undan Vladimir Ilyich Leninning turk tilidagi «Davlat va inqilob» kitobini topishadi (maʼlumot uchun: turk alifbosi lotin yozuviga asoslangan). Bir jandarm muqovadagi yozuvga diqqat bilan qarab, chuqur mulohaza bilan shunday deydi: «Qara-ya, ruslarda butun bir sulola boʻlgan ekan – mana hatto Lenin (SOʻZ TUSHIRIB QOLDIRILGAN) ham kitob yozibdi». Qaysi tartib son tushirib qoldirilgan?

Manba