"Mashina vremeni" guruhining sobiq klavishchisi Pyotr Podgorodeckiy "turgʻunlik" davrida, 1976-yilda kinoteatrlardan birining afishasida "Ingliz multfilmlari retrospektivasi" degan yozuvni koʻrib hayron boʻlganini aytib bergan edi. Afishani diqqat bilan oʻrganib chiqib, u darhol chipta sotib olgan va multfilmdan bahra olgan. Aynan qaysi multfilm?