Bir multserial qahramoni baʼzilar ilonlarni yaxshi uy hayvoni deb hisoblashini, lekin aslida ular — IKSlar ekanligini, buning ustiga soʻzning toʻgʻridan-toʻgʻri maʼnosida shundayligini aytadi. "IKS" — 1973-yilda suratga olingan kriminal jangari filmning ruscha nomi. Savol matnida IKS bilan qaysi ikki soʻz almashtirilgan?