BIRINCHI va IKKINCHIning yaratilishi va mavjudligi haqida keng jamoatchilikka deyarli hech narsa ma’lum emas. UCHINCHIning 1972-yilda paydo bo‘lishi Dennis Ritchi nomi bilan bog‘liq. Albert Eynshteynga bag‘ishlangan hazilomuz karikaturalarning birida nisbiylik nazariyasi yaratuvchisi BIRINCHI va IKKINCHI belgilari bo‘lgan variantlardan ko‘ra, UCHINCHI bo‘lgan variantni afzal ko‘radi. Eynshteyn tomonidan rad etilgan variantlardan birini keltiring.