BIRINCHILAR XVIII asr oxirida Axen burgomistri Yansenning xizmatkori tomonidan ixtiro qilingan IKKINCHILAR tomonidan asta-sekin siqib chiqarildi. IKKINCHILAR sunʼiy kelib chiqishga ega boʻlsa-da, ularda BIRINCHILARning nomi saqlanib qoldi. 1938-yilda venger kimyogari tomonidan UCHUNCHILAR ixtiro qilindi, ular IKKINCHILARNI butunlay siqib chiqarmagan boʻlsa-da, sezilarli darajada oʻrnini egalladi. Koʻp tillarda ularning barchasi hali ham bir xil ataladi, rus tilida esa UCHUNCHILAR yangi nom oldi. BIRINCHI, IKKINCHI va UCHUNCHILAR qanday maqsad uchun moʻljallangan?