1970-yil bahorida muvaffaqiyatsizlikka uchragan loyiha oʻz yaratuvchilariga koʻp millionli zarar keltirdi va ularning obroʻsiga sezilarli zarba berdi. 1995-yil 22-iyunda dunyo yuzini koʻrgan xuddi shu nomdagi loyiha esa, aksincha, mualliflariga nafaqat shuhrat, balki qariyb 350 million dollar ham keltirdi. Birinchi loyiha bir qator sirli tasodiflar bilan kechgan boʻlsa, ikkinchi loyiha mualliflari bunday narsani sezishmadi. Biz bu loyihalar qanday nomlanganini soʻramaymiz. Ikkinchi loyihaning reklama shiorida qaysi shahar tilga olinganini ayting.