"Y operatsiyasi" filmining muvaffaqiyatidan ilhomlangan Yakov Kostyukovskiy va Moris Slobodskiy 1965-yil yozida "Mosfilm"ga yangi ssenariy buyurtmasini topshirishdi. Boʻlajak ssenariy ikki novelladan iborat edi. Birinchisi keyinchalik ekranlashtirilib, toʻliq metrajli filmga aylandi. "Qor odam va boshqalar" deb nomlangan ikkinchi novellada taniqli olim rahbarligidagi ilmiy ekspeditsiya togʻlarda militsiyani chalgʻitish uchun oʻzini qor odam qilib koʻrsatgan uch kishini qidiradi. Bu uchlik kimligini topgan boʻlsangiz, ushbu ssenariy buyurtmasining birinchi novellasi qanday nomlanganini ayting.