1960-yil avgust oyida ishchilar kotlovan qazishni boshladilar, sentyabrda esa unga birinchi kubometr betonni qoʻydilar. Qurilish boshlandi. Qurilishga kelgan Nikita Sergeyevich Xrushchev quruvchilarni ruhlantirish maqsadida: "Xoʻsh, oʻrtoqlar, kapitalistlarga bir igna sanchib qoʻyamiz!" dedi. Tez orada Xrushchev lavozimidan chetlatildi va igna Brejnev davrida, 1967-yil 27-aprelda sanchildi. Siz, ehtimol, qaysi qurilish haqida gap ketayotganini tushunib yetdingiz. Unday boʻlsa javob bering, 2000-yil 27-avgustda ushbu obyektdagi nima sodir boʻldi?