Afsonaga koʻra, 1710-yilda Pyotr I bir italyan hamrohligida zavod qurish uchun joy qidirishga otlanadi. Ijoraning qirgʻoqlari Pyotrga shunchalik yoqib tushadiki, u sabrsizlik bilan: "Mana shu yerda quramiz!" — deb hayqiradi va oʻzi tanlagan joyni koʻrsatadi. "Bu yer esa qulayroq va yaxshiroq", — deb eʼtiroz bildiradi chet ellik, boshqa tomonga ishora qiladi va jahl ustida hassasini yerga sanchib qoʻyadi. Pyotr chin dildan qah-qah otib kuladi, italyanning hassasiga qaraydi va kulgidan boʻgʻilib: "Shunday joyda shahar boʻlsinki, u yerda..." — deb qoʻshib qoʻyadi. Biz sizdan uning gapini oxiriga yetkazishni soʻramaymiz. Ushbu italyanning familiyasini ayting.