Tarixchilar orasida shunday latifa yuradi. Nikita Sergeyevich Xrushchev SSSR taxtiga oʻtirganida, oʻtmishdoshidan unga taxminan shunday mazmundagi ikkita muhrlangan xat meros qoladi: "Ahvol juda yomonlashganda birinchi xatni oʻqi. Yana qiyin ahvolda qolsang — ikkinchisini ochib oʻqi". Oʻtmishdoshi bashorat qilganidek boʻldi. Haqiqatan ham, 1956-yilda Xrushchevga qiyin boʻldi va u birinchi xatni oʻqishga qaror qildi. U yerda: "Hammasini menga agʻdar" degan maslahatni topdi. Undan keyin nima boʻlgani hammaga maʼlum. Ahvol yengillashdi. Biroq 1964-yilda ehtiroslar yangi kuch bilan alanga oldi va bosh kotib ikkinchi konvertni ochdi. U ikkinchi xatda nimalarni oʻqidi?