Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari podpolkovnigi Yuriy Petrovich Podolyanning fikricha, SSSR HHM qoʻshinlari tarixida ikkita yulduzli on va bir soatlik sharmandalik boʻlgan. Sharmandalik — bu, albatta, Matias Rustning Qizil maydonga qoʻnishi. Birinchi yulduzli on — Ulugʻ Vatan urushi davridagi Moskva mudofaasi, oʻshanda natsistlar poytaxtga jiddiy zarar yetkaza olishmagan. Ikkinchi yulduzli on 1953-yilga toʻgʻri keladi. Voqea Moskvada sodir boʻlgan, ammo gap havodagi xavf haqida ketmagan. Moskva HHM okrugi ofitserlari bartaraf etgan xavf bir kishidan kelib chiqqan edi. Bu odamning familiyasi nima?