1940-yilda tonggi soat 4 da bir guruh qurollangan shaxslar hovliga bostirib kirishdi. Ichkariga kirib, avtomatlardan oʻt ochishdi. Muvaffaqiyatsiz yakunlangan ushbu suiqasdga mashhur rassom rahbarlik qilgan edi. Oradan uch oy oʻtgach, boshqa bir kishining urinishi muvaffaqiyatli chiqdi va buning uchun u keyinchalik Kremlda Sovet Ittifoqi Qahramoni yulduzini oldi. U qanday noodatiy quroldan foydalangan edi?