1951-yil noyabr oyida ichimlik ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan birining boshqaruvchisi doʻstlari bilan Irlandiyaning janubi-sharqida tilla rang rjankalarni ovlaydi. Ov muvaffaqiyatsiz tugaydi va shundan soʻng bahs chiqadi: rjanka ovlanadigan qushlar ichida eng tez uchari hisoblanadimi? Ishonchli manba yoʻqligi sababli hech kim oʻz haqiqatini isbotlay olmaydi. Shunday qilib, bugungi kunda ham mashhur boʻlgan eng muvaffaqiyatli tijorat loyihalaridan biri tugʻiladi. Gap nima haqida ketmoqda?