1949-yil mart oyida maxsus xizmat boʻlinmalaridan biri 38 kishidan iborat roʻyxatni oldi. Bu roʻyxat tuzuvchining fikricha, siyosiy jihatdan ishonib boʻlmaydigan shaxslardan iborat edi. Taqdir hazili bilan, roʻyxatda bir necha yil oʻtib, biroz avval nashr etilgan romanning ekranizatsiyasida bosh rollardan birini ijro etgan aktyor tilga olingan edi. Savolda aytilgan roʻyxatning ham, romanning ham muallifi kim edi?