1944-yilda AQSHda chiqarilgan "Rus rapsodiyasi" multfilmida Adolf Gitler shaxsan bombardimonchi samolyot shturvaliga oʻtiradi va Moskvani bombardimon qilish uchun uchib ketadi. Biroq u Moskvagacha yetib bora olmaydi, chunki uning samolyoti yoʻlda yoʻq qilinadi. Uning samolyotini yoʻq qilganlar oʻzlarining kimligini va qayerdan kelganliklarini mukammal qofiyalanuvchi ikki soʻz yordamida qoʻshiq qilib aytishadi. Xoʻsh, ular kimlar va qayerdan kelishgan?