1940-yillarda Novosibirskda shunday voqea sodir boʻlgan. Ulkan navbat orasidan hamma bilan turtishib, zalga bir qoʻpol, surbet erkak kirib keladi. Uning ortidan 17 yoshli yigitcha: "Toʻxtang, jentlmen, qayerga suqilyapsiz?" deydi. Erkak oʻgirilib, tahdid bilan soʻraydi: "Menmi — jentlmen?! Meni qanaqa qilib haqorat qilishga jurʼat etding?". Va bu yerda u maʼlum bir iborani qoʻshib qoʻyadi. Agar bu sahna qaysi ikki obrazni taqdim etganini tushungan boʻlsangiz, qoʻpol jentlmen qaysi iborani qoʻshganini ayting.