gotquestions.online

U haqida ilk bor 1938-yilda amerikalik matematik Edvard Kasnerdan eshitishgan. Mana yetti yildirki, u barcha insonlar manfaati uchun muvaffaqiyatli mehnat qilmoqda va ushbu turnir mualliflariga savollar tayyorlashda katta yordam berdi. 2001-yil 10-sentabrda u "Kim millioner bo'lishni xohlaydi" teleo'yini g'olibiga roppa-rosa bir million funt sterling keltirdi. Uning katta hamkasblaridan biri esa "Nima? Qayerda? Qachon?" o'yinida ham o'zini ko'rsatgan va hatto o'z vaqtida ko'rsatuv uchun terma jamoa shakllantirgan. Uni va uning hamkasbini ayting.

Manba