Frederik Begbederning Oldos Xaksli qalamiga mansub "Ey, ajib yangi dunyo" kitobiga yozgan taqrizidan parchani tinglang: "1932-yilda Xaksli hamma narsani: klonlashtirish, probirkadagi bolalar, totalitarizm, materialistik globallashuv, sunʼiy va majburiy baxtga asoslangan yangi fashizm, soft-ideologiyani oldindan koʻra bilgan. 'Ey, ajib yangi dunyo' utopiyalarni xuddi oʻn olti yil keyin yozilgan [boʻshliq] kabi tanqid qiladi". Biz qaysi asar nomini tushirib qoldirdik?