Amerikalik rejissyor Lyuis Maylstounning 1930-yilda hammaga maʼlum kitob asosida suratga olingan ushbu filmi tomoshabinlar orasida keskin munosabat uygʻotdi. Germaniyadagi premyerada fashist faollar film namoyish etilayotgan kinoteatrga ilonlarni qoʻyib yuborishgan, keyinchalik u 1945-yilgacha taqiqlangan. AQSHda esa "Shamollarda qolgan hislar" filmi chiqquncha eng yaxshi film hisoblangan, ammo Koreya urushi paytida u yerdagi senzura filmdan katta qismlarni kesib tashlagan. Ushbu film suratga olingan kitob muallifini ayting.
Erix Mariya Remark, film — "Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq".