Nemis kimyogari, Nobel mukofoti sovrindori Frits Xaber Germaniyaning urushdan keyingi reparatsiyalarini toʻlash uchun manba topmoqchi boʻlgan. Shunday qilib, 1922-yildan boshlab vatanparvar olim ekspeditsiyalarda Dunyo okeanining turli qismlarida — Shimoliy va Janubiy Atlantika, qutb muzliklarida oltin miqdorini tekshira boshladi, ammo metall konsentratsiyasi sanoat ishlab chiqarishi uchun yetarli emas edi. Xaber tushkunlikka tushmadi va faqat bitta daryo suvini tahlil qilgandan keyingina bu niyatidan voz kechdi. Qaysi daryo?