Versal shartnomasi shartlariga ko‘ra, Germaniya g‘olib davlatlarga astronomik miqdorda tovon to‘lashi kerak edi. Ammo shuncha oltin qayerdan olinadi? Nemis kimyogari Gaber ushbu muammoning o‘z yechimini taklif qildi. Biroq uning loyihasi qanchalik jozibali bo‘lmasin, undan voz kechishga majbur bo‘lindi, chunki 1 kg oltin olish uchun sarflanadigan energiya xarajatlari 2 kg oltin narxiga teng edi. Gaber oltinni qayerdan olishni taklif qilgan edi?