1920-yilda bir qishloqqa telegraf oʻtkazildi. Qishloqda telegrafchi yoʻqligi sababli, telegrammalarni qabul qilishga oddiy dehqonni oʻtqazishdi. Ikki soʻzdan iborat birinchi telegrammadan keyinoq u dahshatli vahima koʻtardi. Qishloq kengashi chaqirilib, ular, aftidan, favqulodda komissiya telegraf ishini tekshirishga kelyapti degan qarorga kelishdi. Biroq, bir kampirning oʻgʻli kelib, puli faqat ikki soʻzga yetganini tushuntirgach, hammasi oydinlashdi. Telegramma matnini qayta tiklang.
"Kelaman tchk". "TCHK"ni (nuqta maʼnosida) "Telegrafnaya Chrezvichaynaya Komissiya" (Telegraf favqulodda komissiyasi) deb tushunishgan.