Bu tur "tashkilot", "korxona" yoki "firma" tushunchalarining o'zi bilan bog'liq bo'ladi. Sizga u yoki bu firma belgisi nimani anglatishini o'ylashga ko'p bor to'g'ri kelgan bo'lsa kerak. Umid qilamizki, ushbu savollardan so'ng sizda ma'lum bir ko'nikma paydo bo'ladi. Rossiya janubidagi gavjum port shahrida bo'lib o'tadigan 1907-yilgi bir hikoyaning boshlanishini tinglang: "Peshlovha umuman yo'q edi. To'g'ri trotuardan tor, doim ochiq eshikka kirilardi. Undan pastga yigirmata tosh zinadan iborat xuddi shunday tor narvon olib tushardi. Narvon oxiridagi devor oralig'ida bo'rtma naqshli bo'yalgan tasvir ko'zga tashlanardi". Bu XIII asrda yashagan Belgiya gersogi Ioann Birinchining portreti edi. Agar siz gersogning ismi va tartib raqamini lotincha aytsangiz, bu sizga ham muassasaning, ham hikoyaning nomini eshitishga yordam beradi. Ikkalasini ham bir so'z bilan ayting.