Diqqat, savolda almashtirishlar bor. 1905-yilda nashr etilgan "Dunyo malikasi va uning soyasi" kitobida shunday deyilgan: "Cheksiz fazoda, oʻtkinchi vaqt oqimida sodir boʻlayotgan barcha narsalar ustidan AFRODITA malika kabi hukmronlik qiladi, ... bu yerda berib, u yerda tortib olib, umuman olganda esa bermay ham, tortib olmay ham". Davomida AFRODITANING soyasi — AFINA borligi va bu soya — "yovuz demon boʻlib, u nurli demon yaratgan barcha ... goʻzal narsalarni ... yoʻq qilishga intiladi... Dunyo qanchalik uzoqqa borsa, ... bu soya shunchalik quyuqlashib boradi va oxir-oqibat hamma narsani chuqur zulmatga chulgʻaydi. Hammamiz AFRODITA himoyasidamiz va hammamiz AFINANING yashirin zahariga qurbon qilinganmiz". Savol matnida biz ikki soʻzni yunon maʼbudalari — AFRODITA va AFINA ismlari bilan almashtirdik. Almashtirilgan soʻzlarni toʻgʻri tartibda yozing.