Moris Tille 1903-yilda Fransiyada tugʻilgan. 12 yoshida shifokorlar unga "akromegaliya" tashxisini qoʻyishdi — bu oyoq-qoʻllar va yuz suyaklarining haddan tashqari, nomutanosib oʻsishiga olib keladigan kamdan-kam uchraydigan kasallik. Amerikaga ketib, professional kurashchi boʻlgach, Moris koʻplab unvon va mukofotlarni qoʻlga kiritdi, uning gʻayrioddiy tashqi koʻrinishi esa sport ixlosmandlari orasida unga faqat mashhurlik keltirdi. U 14 tilda gaplashgan, sheʼriyatga qiziqqan va oʻzini aktyor sifatida sinab koʻrmoqchi boʻlgan. Koʻp yillar oʻtgach, Morisning orzusi maʼlum darajada ushaldi deyish mumkin, chunki taxminlarga koʻra aynan u... kimning prototipi hisoblanadi?