Genri Layon Oldining Gerakl hayoti haqida hikoya qiluvchi "Qahramon bitta boʻlishi kerak" romanida qahramonlardan biri ULAR haqida Olimpiya xudolarining ehtimoliy qirgʻinchilari sifatida mulohaza yuritib, shunday deydi: "ULAR issiq va sovuqni his qilishadi, yeyishni va ichishni xohlashadi, kulishadi va yigʻlashadi, lekin ULAR odamlar va xudolar oʻrtasidagi farqni bilishmaydi. ULAR xudolari boʻlmagan yagona foniylardir; ULAR xudolarning ehtimoliy qotillaridir". ULAR 19-asrdagi bir fransuz yozuvchisi romanining sarlavhasida ham bor. Ushbu roman sarlavhasida uchraydigan atoqli otni ayting.