Ushbu sport turining zamonaviy namunasi asoslari 19-asr boshlarida nemis mutaxassisi F. L. Yan tomonidan qoʻyilgan. Ushbu sportning jahon federatsiyasi FIJ deb ataladi va 1881-yilda tashkil etilgan boʻlib, unga 120 dan ortiq davlat aʼzodir. Jahon chempionatlari 1903-yildan, sobiq SSSR chempionatlari esa 1949-yildan beri oʻtkazib kelingan. Agar ushbu sport turining bir vakilasini 20-asrning 70-yillarida "kokilli moʻjiza" deb atashgan boʻlsa, gap nima haqida ketmoqda?