1898-yilning may kechalaridan birida bir amerikalik oʻzining va qoʻshnilarining bolalarini atrofiga toʻplab, oʻzi toʻqigan ertaklarni aytib berardi. Toʻsatdan bolalardan birining bergan savoli uni bir lahzaga shoshirib qoʻydi. Biroq u xonaga koʻz yugurtirdi va shu payt koʻzi alifbo tartibida boʻlingan kartoteka qutisiga tushdi. Xoʻsh, oʻsha qutining ustida qaysi ikki harfni koʻrish mumkin edi?