1890-yil edi. O‘sha paytda Genri Stenli Markaziy Afrika ko‘llaridan o‘tib, tadqiq qilinmagan bokira Kongo o‘rmonlariga kirib bordi. U yerda pigmeylarni uchratdi va o‘zining "Eng qora Afrikada" oshiyligida ushbu bug‘doyrang mitti odamlarning turmush tarzini juda yaqqol tasvirlab berdi. Shu bilan birga, u ularning tilida yo "eshak" yoki "ot" degan ma’noni anglatuvchi so‘z borligini eslatib o‘tdi. Gap shundaki, pigmeylar, garchi g‘alati bo‘lsa-da, uning karvonidagi otlardan aslo hayratlanishmadi, aksincha, shunga o‘xshash hayvonlar ularning tuzoq-chuqurlariga tushib turishini ta’kidlay boshlashdi. Ammo eshaklar ham, otlar ham o‘rmonlardan qochadigan dasht hayvonlari-ku. Bu qanday hayvon edi?