Amerikalik zoolog K. Baze "Limnologiya va okeanografiya" xalqaro jurnalida primatlarning ushbu qirilib ketgan turi haqida maqola chop etdi. Uning tadqiqotlariga koʻra, ular hamma narsani isteʼmol qilgan. Ularning madaniyati yuqori rivojlanmagan edi, chunki olovdan foydalana olishmagan. Ular haqida ilk bor Aristotel asarlarida eslatib oʻtilgan, oxirgisi esa 1887-yilga toʻgʻri keladi. Baze ularning qirilib ketish sabablaridan biri sifatida meduzalarni koʻrsatadi. Xoʻsh, Baze kimlar haqida yozgan?