Ushbu hayvonning Mohenjo-Daro va Xarappa manzilgohlaridagi muhrlarda topilgan ilk tasvirlari miloddan avvalgi uchinchi ming yillikka borib taqaladi. Uni birinchi boʻlib fors saroyida tabib boʻlib xizmat qilgan yunon Ktesiy tasvirlagan. 1550-yildan 1700-yilgacha u haqida arab va Yevropa tillarida yozilgan 25 ta traktat dunyo yuzini koʻrdi. Bu hayvonning oʻziga mutlaqo oʻxshamaydigan nomdoshi bor. Bir vaqtlar ushbu nomdosh deb xato qabul qilingan obyektni ayting.