1877-yil iyun oyi boshida "Butun Angliya kroket klubi"da maysazor qirqish mashinasi buzilib qoldi, kroket maydonlarini tezda oʻt bosib ketdi. Klub rahbariyati turnir oʻtkazishga qaror qildi, undan tushgan mablagʻ maysazor qirqish mashinasini taʼmirlashga sarflanishi kerak edi. Tashkilotchilarning tanlovi iyun oyining uchinchi dushanbasiga tushdi, musobaqada 22 sportchi ishtirok etdi, ularning oʻyinini koʻrishga 200 tomoshabin keldi. Biz sizdan ishtirokchilar qaysi sport turi boʻyicha bellashganini va bu turnir hozir qanday nomlanishini soʻramaymiz. 127 yil oʻtib uni "yakka oʻzi" yutgan ayolni ayting.