Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova kortda chiqaradigan uzoq va baland qichqiriqlari bilan tanilgan. 2006-yil fevral oyi boshida turnirlardan birida Mariya raqibasi Martina Xingisga yutqazib qo'ydi. 4-fevral kuni o'z maqolasini yozgan "Gazeta.ru" internet nashri jurnalisti unga shunday sarlavha qo'ydi: "Mariya Sharapova (ikki so'z tushirib qoldirilgan)". Mashhur idiomani tashkil etuvchi tushirib qoldirilgan ikki so'zni ayting.