1875-yilda Kentukkida tug‘ilgan ixtirochi Garret Morgan ozod qilingan qulning o‘g‘li edi. Uning ixtirolari orasida: sochni tekislovchi tarkib, uch pozitsiyali semafor bor. Uning asosiy ixtirosi — qutqaruvchilarni tutun va bug‘lardan himoya qiluvchi xavfsizlik kapyushonidir. Nima uchun ushbu ixtironi reklama qilayotganda Morgan o‘zini "Kanadadagi Uolpoul rezervatsiyasidan bo‘lgan toza qonli indeys, Buyuk yo‘lboshchi Meyson" sifatida tanishtirgan?
Garret Morgan negr edi. Ko‘pgina oq tanlilar qora tanlilar tomonidan ixtiro qilingan yoki ishlab chiqarilgan narsalarni kiyishdan bosh tortishgan. O‘z kapyushonini sotishning yagona yo‘li — qora tanli ekanligini sir saqlash edi.