Uning odatda "katta" va "kichik" turlari boʻladi. "Katta" sini yelkaga tashlab yurishgan va yomgʻirli havodan himoya ham qilgan. U tayyorlanadigan material nomi tarjimada "mahalliy rang" degan maʼnoni anglatadi. Mazkur material dastlab mamlakat turli hududlarida yashovchi 11 ta urugʻga tegishli boʻlgan. Shundan kelib chiqib, Uning rangiga qarab insonning qayerdan kelgani oson aniqlangan. Diqqat savol: Uni yozib bering? || XIX asr boshlarida dengiz ortida tugʻilgan bu inson yoshligidan boʻsh vaqtlarida Massachusets shtatidagi Uer koʻlida pirotexnika vositalari ustida ishlab, ularni portlatishni yaxshi koʻrgan. Keyinchalik u XVI asrdan beri odamlarga maʼlum aylanma baraban gʻoyasi bilan tanishadi va bu gʻoya unga oʻz ixtirosini yaratishiga turtki beradi. Diqqat savol: Bu insonning familiyasini yozib bering.