gotquestions.online

Umumiy fikrga koʻra, 1871-yildagi ushbu voqeada Ketrin O'Liri ismli ayol ayblanadi. Emishki, u sigir sogʻishga borganida, sigir tepib yuborgan va ombordagi fonarni agʻdarib yuborgan. 1998-yilda tergov materiallari qayta koʻrib chiqildi va maʼlum boʻldiki, aybdor missis O'Liri va uning sigiri emas, balki oʻz sigiriga yem berish uchun omborga kirgan va u yerda trubka chekayotib yonayotgan gugurtni tushirib yuborgan irlandiyalik Deniel Sallivan ekan. Baribir sigirsiz boʻlmagan. Biroq, koʻpchiligimiz bu joyni sigirlar bilan emas, balki ularning qarindoshlari bilan bogʻlaymiz. Baʼzilarga esa bu fojia qayerda sodir boʻlganini tushunishga Entoni Edvards, Noy Uayl va kelishgan Jorj Kluni yordam bergan boʻlardi. Xoʻsh, 1871-yilda qayerda va nima sodir boʻlgan?

Manba