1854-yilda Qrim urushi doirasida yuz bergan Balaklava jangi vaqtida miltiq va qilich bilan qurollangan ingliz otliq brigadasi artilleriya bilan qurollangan rus garnizoniga hujum qiladi. Ushbu voqea haqida yozilgan Alfred Tennison poemasida Balaklava - inglizlar uchun IKS boʻlgani aytiladi. Boshqa bir IKS oʻz nomini 19-asr oʻrtasidagi baxtsiz hodisadan soʻng olgan. Diqqat savol: IKS oʻrnidagi 2 soʻzni yozib bering.