1846-yilda F.M. Dostoyevskiy "Qiyofadosh" qissasini yozib, rus tiliga ilk bor yangi so'z kiritdi. Oradan o'ttiz yil o'tib, yozuvchi o'z kundaligida shunday deb yozgan: "Qissa unutilib ketdi, u shunga loyiq ham edi, lekin yangi so'z ilib olindi, o'zlashtirildi va adabiyotda mustahkamlandi. Bu so'z ... g'oyib bo'lish, yo'q bo'lish, yo'qlikka yuz tutishni anglatadi. Lekin birdaniga emas, balki... noziklik bilan, ravon, sezilarsiz ravishda hech narsaga aylanib ketishdir." Bu qaysi so'z?