Bu M.Yu.Lermontovning 1830-yilda Saratovda, buvisi Ye.A.Arsenyeva bilan uning akasi A.A.Stolipinning toʻyiga kelganida yozgan "Borodino maydoni" sheʼridir. Bobosining uyida Lermontov 1812-yilgi Vatan urushi faxriylari, Borodino jangi qatnashchilari bilan uchrashgan. Ularning hikoyalari taʼsirida Lermontov "Borodino maydoni" sheʼrini yozgan. Ushbu sheʼrning eng muvaffaqiyatli obrazlaridan u keyinchalik "Borodino" (1837) dostonida foydalangan.