1829-yil oktyabr oyida "Rusalka" shxunasi Sidneyda yoʻlga chiqdi. Yangi Gvineya qirgʻoqlarida u riflarga urilib halok boʻldi. Omon qolgan ekipajni "Svifshue" barki qutqarib oldi, biroq u ham koʻp oʻtmay riflarga urildi. Har ikki ekipaj oʻzlarini qutqargan barkentina bortiga chiqishlari bilan, uning tryumida yongʻin chiqdi va hamma yana kemani tark etishga majbur boʻldi. Keyin xuddi shu voqea yana bir bor takrorlandi. Irrimchi dengizchilar oʻz baxtsizliklarining aybdorini qidira boshladilar. Umumiy fikrga koʻra, u "Rusalka" shxunasining rulchisi boʻlib chiqdi. Birinchidan, u malla sochli edi, ikkinchidan esa... Yana qaysi holat baxtsiz dengizchining "aybdorligini" yaqqol koʻrsatib turardi?