Diqqat, savolda almashtirishlar bor! Adams familiyasi oʻrniga boshqa familiya boʻlishi kerak! Artur Adams Gretsiyada muvaffaqiyatli qazishmalar olib bordi. Li Adams "Medalyon" va "Beshinchi element" filmlarida porladi. Kapitan Devis Adamsning 1824-yildagi ixtirosi esa katta muvaffaqiyat qozondi va ...ning boshlanishi boʻldi. Biz u aynan nimaning boshlanishi boʻlganini soʻraymiz — ushbu ixtiro qaysi sohaga tegishli ekanligini ayting.