gotquestions.online

"U osmondan chaqmoqni, tiranlardan esa hokimiyatni tortib oldi" — 1790-yilda mashhur yozuvchining byustiga lotin tilida oʻyib yozilgan soʻzlar (haykaltarosh A.Gudon). Bundan koʻra koʻzga koʻringan va mashhur shaxsni tasavvur qilish qiyin! U 1706-yilda Bostonda tugʻilgan, 84 yil yashagan va 7 yil (1747-1753) fizika bilan shugʻullangan, ammo shu vaqt ichida musbat va manfiy zaryad, batareya, kondensator, oʻtkazuvchanlik, razryad, chulgʻam tushunchalarini fanga kiritgan. Umrining soʻnggi yillarida u Amerikaning siyosiy hayotidagi eng yirik siymolardan biriga, Amerikaning Angliya mustamlakachiligidan ozod boʻlishi uchun faol kurashchiga aylandi. 27 yoshida u Amerikaning eng mashhur yozuvchisi edi, uning "Bechora Richard" asari son-sanoqsiz marta nashr etilgan. Tebranma kursini ixtiro qilgan. Bu kim?

Manba