Slengni yaxshi bilmaydigan havaskor, nomlariga qarab, bu ikki modda odamda bir xil reaksiya uyg'otadi deb o'ylashi mumkin. Ammo aslida ularning insonga ta'siri tubdan farq qiladi: 1776-yilda fransuz olimi tomonidan ajratib olingan BIRINCHISI — o'lim darajasida xavfli. 23 yil o'tib ingliz olimi tomonidan kashf etilgan IKKINCHISI esa, aksincha, anesteziya maqsadlarida ishlatilgan va ishlatib kelinmoqda. Har ikkala moddani ayting.