Shunday voqealardan biri 1755-yilda Lissabonda sodir boʻlib, shaharga katta zarar yetkazgan. Shundan soʻng, ushbu hodisalarni qayd etish va ularning kuchi hamda qancha masofada sodir boʻlayotganini aniqlash imkonini beruvchi asbob yaratildi. Uchta shunday asbob koʻrsatkichlariga koʻra, yuqorida aytilgan hodisa qayerda sodir boʻlayotganini aniq belgilash mumkin. Ushbu asbobning asosiy detali katta inersiya tufayli harakatsiz turadigan mayatnik boʻlib, u hatto atrofidagi hamma narsa larzaga kelsa ham qimirlamaydi. Ushbu asbobni ayting.