Rasmdagi asbob milodiy 132-yilda Xitoyda ixtiro qilingan. U katta bronza idish boʻlib, tashqi devorlarida ogʻzida shar tutgan 8 ta ajdarho boshi boʻlgan. Boshlar idish ichidagi maxsus mayatnik bilan bogʻlangan edi. Maʼlum sharoitlarda ajdarholarning jagʻlari ochilib ketardi. Tashqi koʻrinishi unchalik jiddiy boʻlmasa-da, bu asbob juda jiddiy maqsadga xizmat qilgan. Qanday maqsadga?
Yer qimirlashini qayd etgan (birinchi seysmograf).