Mumkin boʻlgan masalliqlar roʻyxati: qizil rang uchun — stronsiy tuzlari, koʻk uchun — mis oksidi, yashil uchun — bariy tuzlari, sariq uchun — natriy bikarbonat, binafsha rang uchun — mis lazuri. Yuqoridagilardan hosil boʻladigan narsani musiqa deb atash mumkin, lekin faqat majoziy ma’noda. Bu inson 1748-yilda Axenda Avstriya merosi uchun urushga chek qoʻygan tinchlik shartnomasi sharafiga yozilgan oʻzining xuddi shu nomdagi musiqiy asari uchun ushbu komponentlardan foydalanmagan. U kim?