1740-yilda Parijga qaytgan Myupertyui milliy qahramon sifatida kutib olindi. Uning sharafiga medal zarb etildi, unda u moʻynaga oʻralgan, bir qoʻlida Gerkules gurzisi va ikkinchi qoʻlida Yer bilan tasvirlangan. Oʻtkirsoʻz Volter u haqda shunday yozgan: "Fizika elchisi, botir dengizchi, togʻu toshlarni oshib, qor va botqoqlar aro kvadrant sudrab, deyarli loparga aylanib, koʻp yoʻqotishlardan soʻng bildingki, Nyuton uydan chiqmay turib nimalarni bilganini." Nyuton uydan chiqmay turib nimalarni bilgan edi?
U tortishish qonunidan kelib chiqib, Yerning qutblarda siqilgan shaklini nazariy isbotlagan. Myupertyui Laplandiyadagi geodezik oʻlchovlari bilan buni tasdiqlagan.