1704-yilda dengizchi Aleksandr Selkirk kapitanini haqorat qilgani uchun kimsasiz Xuan-Fernandes oroliga tashlab ketilgan. Unga miltiq, bir funt porox, oʻq uchun qoʻrgʻoshin, bolta, qozoncha, pichoq, bir quti tamaki va buni qoldirishgan. Hozirgi kunda bu narsa AQSH qutqaruv xizmatlari tomonidan falokatga uchraganlar uchun jamlanadigan birinchi yordam toʻplamiga kiradi. Rus psixologi va fiziologi Aleksey Alekseyevich Uxtomskiy buni insoniyat muhabbatining izchil evolyutsiyasi natijasi deb atagan boʻlsa, bu nima?