1845-yilda nemis kimyogari Kristian Shonbeyn azot va sulfat kislotalari aralashmasi bilan tajriba oʻtkazayotgan edi. Tasodifan u aralashmaning bir qismini polga toʻkib yubordi. Sarosimaga tushib, qoʻliga ilingan birinchi narsani — xotinining paxtali fartugini oldi-da, toʻkilgan suyuqlikni artib, fartugni pechka ustiga quritishga osib qoʻydi. Fartuk quridi, keyin esa... Keyin u bilan nima sodir boʻldi?